Oʻzbek filmi Gollivud durdonalari qatoriga qoʻyildi

“Kino – bu eng zerikarli narsalar kesib tashlangan hayotdir”. Oʻzbekistonlik rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan “Islomxoʻja” filmi premyerasidan soʻng amerikalik muxlislardan biri “Oskar” mukofoti laureati boʻlgan afsonaviy rejissyor Alfred Xichkokning yuqoridagi soʻzlarini eslab oʻtdi.
Milliy kartinamiz birinchi namoyishi AQSHning 28-prezidenti Vudro Vilson sharafiga qurilgan yodgorlik majmuasida boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Filmdan soʻng qizgʻin kechgan muhokamalarda V.Vilson markazi direktori Metyu Royanski, yozuvchi Natali Ruland, Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov va rejissyor Jahongir Ahmedov ishtirok etdi.
Orasida taniqli rejissyorlar, ssenariynavislar, prodyuserlar, kinotanqidchilar, rassomlar, sanʼatshunoslar, yozuvchilar, shuningdek, Vashingtondagi rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari boʻlgan 200dan ortiq tomoshabin nafaqat film qanday suratga olingani, u tarixiy haqiqatlarga qay darajada mos tushishi, balki Oʻzbekiston kinematografiyasi rivojlanish istiqbollariga ham katta qiziqish bildirdi.
Mehmonlar oʻzbek rejissyori ijod mahsulini yuqori baholashib, uni Gollivud filmlari qatoriga qoʻyishdi. Bunday filmlar yuqori bahoga loyiqligi va jahon kinoindustriyasining ajralmas qismi ekanligi eʼtirof etildi. Uchrashuvda shu kabi oʻzbek kartinalarini Amerika ekranlariga chiqarish uchun kinoprokat imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Senatorlar va Senat devoni xodimlari umumxalq hashari doirasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissalarini qoʻshdi
- Abdulaziz Komilov Boku forumida Yevroosiyoning yangi transport-logistika xaritasi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ilgari surdi
- Qatardan oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring