Oʻzbek adabiyoti bengal tilida
Bengal adabiyoti deganda koʻz oldimizda avvalo Kazi Nazrul Islom gavdalanadi. Shoir Erkin Vohidovning u kishiga bagʻishlab yozgan “Ruhlar isyoni” sheʼri bugungacha tillarda doston. Ushbu adabiy koʻprik bugun yana bir qadar jonlandi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida bengal va ingliz tillariga tarjima qilingan oʻzbek mumtoz adabiyoti hamda zamonaviy sheʼriyat namoyandalari vakillarining sheʼr va hikoyalari jamlanma-kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda uyushma aʼzolari, yosh ijodkorlar, tarjimonlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
“Selections from Uzbek literature translated into Bangla and English” nomli tarjimalar toʻplamiga yuzga yaqin shoir va yozuvchilarning ijod namunalari kiritilgan. Taqdimotda yurtimizdagi tarjima faoliyatiga qaratilgan eʼtibor, ikki davlatning oʻzaro adabiyo aloqalari xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, tadbir mobaynida taniqli shoirlar va yosh ijodkorlar tomonidan mushoira oʻtkazildi.
— Toʻplam chop etish loyihasi birinchi marta tashkil etilgani sabab kamroq nusxada chop etdik. — deydi Bangladesh davlatining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mosud Mannan. — Ammo loyiha kelgusida yana davom etadi, yaʼni har ikki yilda bir oʻzbek adabiyoti namoyandalarining ijodiy ishlarini bengal va ingliz tillariga oʻgirib, kitob holida chop etib borishni rejalashtirganmiz. Shuningdek, kitoblarni koʻproq nusxada nashr etib, barcha adabiyot ixlosmandlariga yetkazish niyatidamiz.
Yulduz OʻRMONOVA,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring