Osiyoda Jahon chempionati saralashining soʻnggi bosqichi start oldi
Kecha, 13-noyabr kuni Osiyo mintaqasida Jahon chempionati saralashining soʻnggi bosqichi oʻyinlari start oldi. Ushbu bosqichga yetib kelgan Birlashgan Arab Amirliklari va Iroq terma jamoalarining birinchi oʻyinida durang natija qayd etildi.
Abu Dabi shahrida joylashgan “Muhammad bin Zayd” stadionida boʻlib oʻtgan ushbu oʻyinni tomosha qilish uchun 42 mingdan ziyod muxlislar tashrif buyurdi. Oʻyinda hisob 18-daqiqada BAA terma jamoasi aʼzosi Luan Pereyra tomonidan ochildi.
Oradan 5 daqiqa oʻtib, Angliyaning “Luton” jamoasida faoliyat olib borayotgan iroqlik futbolchi Ali Al-Hammadi hisobni tenglashtirdi. Oʻyin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Maʼlumot uchun, ushbu jamoalar oʻrtasidagi ikkinchi oʻyin 18-noyabr kuni Bogʻdod shahrida boʻlib oʻtadi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra gʻalaba qozongan jamoa Jahon chempionatining qitʼalararo saralash bosqichida ishtirok etadi.
BAA — Iroq 1:1
Gollar: Luan Pereyra (18) — Al-Hammadi (23).
BAA: Eysa, Meloni (Rabi, 85), Pimenta, Zuhir, Amaral, Luan Pereyra (Solih, 64), Nodir, Ramazon (Bruno, 64), Odil (Kayo Kanedo, 89), Ximenes, Suhayl (Kayo Lukas, 46).
Iroq: Hoshim, Ali, Hoshim, Tahsin, Doski, Sher (Iqbol, 79), Jassim (Abdulkarim, 72), Al Ammari, Farji, Al-Hammadi (Husayn, 46), Meme (Karim, 79).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring