Orolboʻyi xotin-qizlari eʼtiborda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining oʻrinbosari, respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi E.Basitxonova Qoraqalpogʻiston Respublikasi xotin-qizlar qoʻmitalari faoliyati, joylarda xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, bir qator xayriya tadbirlarini oʻtkazdi.
Xususan, Beruniy tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda Ellikqalʼa, Toʻrtkoʻl va Beruniy tumanlari xotin-qizlarini qiynayotgan masalalarga eʼtibor qaratildi.
Shu kuni ogʻir sharoitda yashab kelgan, turar joyga muhtoj beruniylik xotin-qizlarga yangi turar joylar topshirildi.
Soʻngra Nukusda imkoniyati cheklangan, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshidagi Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan nogironlik aravachalari va tibbiy reabilitatsiya vositalari topshirildi.
Hidoyat AHMEDOV.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring