“Open budjet” portalida yangi loyihaga start berildi
Arxiv foto
Vazirlar Mahkamasininig 2022 yil 2 fevraldagi “Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorga asosan byudjet mablag‘larini sarflanishida fuqarolar ishtirokini yanada oshirish va yurtimizdagi mavjud ichki yo‘llar sifatini yaxshilash maqsadida 2022-yildan boshlab tuman va shaharlar byudjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi «Ochiq byudjet» axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Bu tizim “Tashabbusli byudjet” jarayonlaridan farqli o‘laroq bir yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
Ushbu jarayonlar bevosita “Ochiq byudjet” axborot portali orqali amalga oshiriladi bunda, axborot portaliga ichki yo‘llarning joylashgan manzili (geopozisiyasi), to‘liq nomlari, uzunligi, holati (asfaltlangan, ta’mirtalab) va boshqa ma’lumotlari to‘liq kiritiladi hamda fuqarolar ichki yo‘llar reyestridan geoma’lumotlar asosida tegishli ichki yo‘lni tanlash orqali o‘z takliflarini qoldirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Taklif qoldirish mexanizmi:
Tuman (shahar) byudjeti parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning kamida 50 foizi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun yo‘naltiriladi.
Axborot portali avtomatik ravishda ta’mirlashga doir o‘rtacha narxni va tuman (shahar) byudjeti parametrlaridan kelib chiqib, har bir tuman (shahar) bo‘yicha ta’mirlanadigan ichki yo‘llarning umumiy hajmini aniqlaydi.
Axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ichki yo‘llarni ta’mirlashda takliflarni shakllantirish tartibi quyidagicha:
1. Axborot portali orqali jamoatchilik fikri bevosita fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida shakllantiriladi;
2. Axborot portali orqali takliflarni yuborish hamda ovoz berish jarayonida faqatgina voyaga yetgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
3. Fuqarolar har yili ichki yo‘llarni ta’mirlashga faqat bitta taklifni ilgari surishi hamda bitta taklifga ovoz berishi mumkin. Fuqarolar o‘zlari tomonidan kiritilgan taklifga ovoz berishi taqiqlanadi.
4. Ichki yo‘llarni ta’mirlashga doir takliflar kiritish fuqarolar tomonidan axborot portalida taqdim etilgan Ichki yo‘llar reyestridagi tegishli ichki yo‘llardan birini tanlash orqali amalga oshiriladi.
5. Axborot portali orqali taklif kiritish bevosita portalda ro‘yxatdan o‘tish orqali amalga oshiriladi.
6. Har bir tuman va shaharlarda bildirilgan takliflar bo‘yicha berilgan eng ko‘p ovozlar sonidan kelib chiqib, yuqoridan pastga qarab saralanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring