“Omikron”ning yangi mutatsiyalari dunyo boʻylab tarqalmoqda
Koronavirusning “omikron” shtammi mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda. Hozirgacha uning ellikka yaqin turi maʼlum. Ular orasida XE subvarianti pandemiya davridagi eng yuqumlisi, deb hisoblanyapti.
BA.1 va BA.2 versiyalari kombinatsiyasidan hosil boʻlgan ushbu variant Buyuk Britaniya, Hindiston, Tailand, Yangi Zelandiya va Chexiyada qayd etilgani haqida xabar bergandik. Endi ushbu roʻyxatga Avstraliya va Yaponiya davlatlari ham qoʻshildi.
Xususan, Avstraliyada ilk XE yaqinda chet eldan qaytgan bemorda roʻyxatga olindi. Yaponiyada ham virusning yangi turi Tokio shahri yaqinidagi Narita aeroportida, AQSHdan kelgan 30 yoshli ayolda aniqlandi.
Shifokorlar koronavirus shtammlaridagi mutatsiyalar tufayli hosil boʻlgan uch xil liniyani ajratib koʻrsatishadi — XD, XE va XF.
XD va XF liniyalari “delta” va “omikron”ning BA.1 versiyasi kombinatsiyasi natijasida, XE esa BA.1 va BA.2 variantlarining qoʻshiluvi oqibatida yuzaga kelgan.
“Omikron” va “delta” birlashuvidan kelib chiqqan XF varianti kecha Italiyaning Piyevesestina shahrida qayd etildi. Maʼlumotlarga koʻra, bemor 50 yoshida koʻplab patologiyalardan aziyat chekib, vafot etdi. Ammo mahalliy mutaxassislar uning oʻlimiga koronavirusning yangi varianti sabab boʻlmaganini aytishmoqda.
“Omikron”ning yana bir subshtammiga XL deb nom berildi. U ilk bor Janubiy Koreyada aniqlandi. Hozir mamlakat sogʻliqni saqlash idoralari yangi mutatsiya ustida epidemiologik tadqiqot olib borishmoqda.
COVID-19ning yangi variantlari bemorlarda qanday asoratlarni ketirib chiqarishi xususida hozircha aniq maʼlumotlar yoʻq. Biroq mutaxassislar emlanish koronavirusga qarshi eng maqbul chora, degan xulosada yakdil .
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring