Oliy maʼlumotli kadrlar platformasi tuziladi
“Oliy maʼlumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori (49-son, 29.01.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan davlat buyurtmasi Maxsus elektron platforma orqali shakllantiriladi.
2025/2026 oʻquv yilidan oliy maʼlumotli kadrlarga davlat buyurtmasi Platformada jamlangan maʼlumotlar va mehnat bozori talabini tahlil qilish asosida aniqlanadi. Kadr larga boʻlgan ehtiyoj 4-yillik davrga ishlab chiqiladi va har yili mehnat bozorining oʻzgarish tendensiyalari, hududlarda ijtimoiy soha muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlarini kadrlar bilan taʼminlash inobatga olinib Platformaga tegishli tuzatishlar kiritib boriladi.
Platforma iqtisodiyot tarmoqlarida rasman band boʻlgan aholi soni, davlat va nodavlat OTMlari bitiruvchilarining oʻqishni tamomlagandan soʻng rasman bandligi, mehnat resurslari balansi, mehnat bozorida mavjud boʻsh ish oʻrinlari, iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha bandlik darajasi, NEMIS axborot tizimida mavjud bitiruvchilar va OTMlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Nizom davlat buyurtmasini shakllantirishda maʼlumotlarni jamlash, qayta ishlash va buyurtmani yuqori turuvchi organlarga taqdim etish, ish beruvchilarning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi, iqtisodiyot tarmoqlarini mutanosib rivojlantirib borish maqsadida davlat buyurtmasini shakllantirishda ustuvorlik beriladigan yoʻnalishlarni aniqlash kabilarni nazarda tutadi.
2025-yildan 4-yillik davr uchun davlat buyurtmasi parametrlarini oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan talab prognoziga muvofiq ravishda tasdiqlash uchun taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga har yili 1-mayga qadar kiritish taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring