Oksana Chusovitina yana shohsupada!
Bu safar afsonaviy sportchimiz Jahon kubogi bosqichi gʻolibligi bilan bir qatorda Jahon kubogini ham qoʻlga kiritdi.
Shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan hamyurtimiz, gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina yana bir karra dunyo ahlini hayratga solib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.
Yaqinda 47 yoshga qadam qoʻyadigan Chusovitina tayanib sakrash mashqi boʻyicha oʻtkazilgan final bahslarida 13,266 ball bilan 1-oʻrinni egalladi. Keyingi oʻrinlarni mos ravishda Vengriya vakilasi Mariya Ksenje Bakskay hamda sloveniyalik Tesha Belak qoʻlga kiritishdi.
Jami toʻrt bosqichdan iborat boʻlgan ushbu musobaqaning uchta bosqichida qatnashib, ularda ikkita oltin va bitta kumush medalga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston sport gimnastikasi faxri boʻlgan Oksana tayanib sakrash yoʻnalishida Jahon kubogi sohibasiga aylandi. Taʼkidlash joiz, ushbu yoʻnalishda hamyurtimizga teng keladigan raqib topilmadi. Bundan tashqari Chusovitina qimmatli reyting ochkolarini ham qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring