OKMKda transformatsiya jarayoni samara bermoqda
Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan transformatsiya ishlari samara bermoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, OKMKda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish, raqamlashtirish, korporativ boshqaruv, ekologik barqarorlik (ESG) kabi yo‘nalishlarda keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Bu jarayonga Deloitte, Ernst & Young, KPMG va PwC kabi xalqaro konsalting kompaniyalari jalb etilgan.

Natijada, kombinat xalqaro reyting agentliklari — S&P va Fitchʼdan ijobiy baholar oldi, 2,3 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kredit jalb qilindi hamda 125 million dollar sarf-xarajat tejaldi.
Shuningdek, OKMK ekologik baholashda 56 ball bilan mamlakatdagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi va The Copper Mark xalqaro sertifikatini olish jarayonini boshladi. Bu esa mahsulotlarni Yevropa bozoriga chiqarish va ekologik investisiyalarni keng jalb etish imkonini beradi.





Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring