Nuroniylar va yoshlarni birlashtirgan festival
Yozning jaziramasiga qaramay, xiyobonning azim chinorlari ostida, soya-salqin maskanda sport musobaqalari, bilimlar bellashuvi, yana bir tomonda mushoiralar davom etmoqda. Minglab yoshlarni birdamlik, yoshlik zavqi va shodligi ostida birlashtirgan bu jarayon kuni kecha Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi tashabbusi bilan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivali doirasida boʻlib oʻtdi.
“Paxtazor” mahallasidagi shinam «Xumo» bogʻida boʻlib oʻtgan tadbirda voleybol, shaxmat, yugurish, velosport yoʻnalishlarda musobaqalar, yosh ijodkorlar tomonidan mushoira kechalari, bilimdonlar bellashuvi, koʻngilochar shou-dasturlar bayramga koʻtarinkilik berdi. Ayniqsa, Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati boʻlimi qoshida tuman yoshlari uchun tashkil etilgan “Parvoz” adabiy toʻgaragi yoshlari tomonidan oʻtkazilgan mushoiralar, kitobxonlik kechalari barcha yosh qalamkashlar uchun ayni muddao boʻldi. Shu kuni kitobsevar yoshlarga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan badiiy kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.
Tantana davomida Quyi Chirchiq tuman hokimi iqtidorli yoshlarga faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar taqdim etdi. Shuningdek, festival doirasida “Bir nuroniy besh nafar yoshga murabbiy” tamoyili asosida tuman faxriylari bilan madaniy tadbirlar tashkil qilindi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun sunnat toʻylari, “Ayollar daftari” roʻyxatidagi xotin-qizlar bilan mutasaddilar muloqoti oʻtkazildi.
Nargiza Asadova,
Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi,
“Parvoz” adabiy toʻgaragi rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring