Nuroniylar – eʼtiborda
Foto: Saminjon Husanov/ Xalq soʻzi
Andijon viloyatida “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” gʻoyasi ostida “Keksalar haftaligi” uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda.
Haftalik doirasida viloyat markazidagi “Hojataqsim ota” ziyoratgohida 80 nafar faxriy ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Unda ibratli hayot yoʻlini bosib oʻtgan nuroniylar yurtimizda yoshi ulugʻ insonlar doimo eʼtiborda va eʼzozda ekanidan mamnunligini alohida eʼtirof etdilar.
Paxtaobod tumanida oʻtgan tadbir ham otaxonu onaxonlarga unutilmas taassurotlar baxsh etdi.
– Bugun kamida oʻn yoshga yosharganim rost,-deydi paxtaobodlik Abdulla ota Xolboyev. – Yoshlar bilan shaxmatda bellashdim. Yutganimga qaraganda hali bardam ekanman.
Shaxmat musobaqasidan soʻng bir guruh yoshlar Toʻpabjuvoz mahallasida yashovchi Akramjon Asqarovning holidan xabar olib, uy ishlariga koʻmaklashdi.
Bunday tadbirlar barcha hududlarda davom etmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring