Noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etilishi kutilmoqda
Videodan kadr
Adliya vazirligi tashabbusi bilan noqonuniy poygalarni tashkil etganlik va unda ishtirok etganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda yoʻllarda noqonuniy tashkil etilayotgan poygalar yoʻl harakati ishtirokchilarining xavfsizligiga, aholining osoyishtaligiga jiddiy xavf solib, inson oʻlimigacha boʻlgan oʻta salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Bu esa, aholining, shu jumladan yoʻl harakati ishtirokchilarining haqli eʼtirozlari va xavotirlariga sabab boʻlmoqda.
Shuni inobatga olib, Adliya vazirligi yoʻllarda noqonuniy poygalarni tashkil etish oqibatida vujudga kelayotgan yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishish uchun kiritgan.
Bildirilishicha, mazkur qonun loyihasi joriy yilning 17-fevral kuni manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishishga chiqarilgan boʻlib, belgilangan tartibda kelishilganidan soʻng, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring