Netanyahu Gʻazo aholisini shoshilinch tark etishga chaqirdi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat armiyasi yaqin kunlarda Gʻazo shahriga yirik masshtabli hujum boshlashini maʼlum qildi. U mahalliy aholini zudlik bilan shaharni tark etishga chaqirdi, deb xabar bermoqda TASS.
Netanyahu soʻzlariga koʻra, soʻnggi kunlarda Isroil armiyasi Gʻazoda bir necha koʻp qavatli binoni yoʻq qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur inshootlar HAMAS tomonidan harbiy maqsadlarda foydalanilgan.
— Bu hali asosiy harakatlarning oldindan tayyorgarligi, yaʼni Gʻazo shahridagi qoʻshinlarimiz amalga oshiradigan yer ustki manyovrga muqaddima, — dedi Isroil bosh vaziri. — Shu munosabat bilan Gʻazo aholisiga yana bir bor murojaat qilaman: “Eʼtibor bering, sizlar ogohlantirilgansiz, shahardan chiqib keting!”
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Isroil Gʻazo shahrini toʻliq nazoratga olish va HAMASni batamom yoʻq qilish maqsadida katta hujum boshlashi haqida maʼlum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring