Neymar Ronalduning “panjasiga panja urdi”

“Al-Hilol” yulduzi Neymar “Al-Nassr” sardori Krishtianu Ronalduning Saudiya Pro Ligasi “Ligue 1”dan kuchliroq ekanligi haqidagi gaplarini qoʻllab-quvvatladi. Ronalduning ushbu bayonoti oʻtgan oyda Dubayda boʻlib oʻtgan “Globe Soccer Awards” tadbirida eʼlon qilingan edi. Neymar bu fikrga qoʻshilishini “CNN Sport” bilan suhbatda oshkor qildi.
Neymar Ronaldoni qoʻllab-quvvatladi va Saudiya Pro Ligasini yuqori baholadi. U oʻz fikrida shunday dedi: “Hozirgi kunda Saudiya Pro Ligasi kuchaymoqda va futbolchilar darajasi Ligue 1ʼdagidan yaxshiroq. Saudiya meni ijobiy tomondan hayratga soldi – odamlar, shaharlar va madaniyat ajoyib”.
Neymar, shuningdek, Saudiya Arabistonining futbol sohasidagi rivojlanishiga eʼtibor qaratdi. U mamlakatning 2034-yilda Jahon chempionatini qabul qilishi rejalashtirilganini qayd etdi. Uning fikriga koʻra, bu mamlakatning rivojlanish yoʻlidagi katta qadam boʻladi.
Krishtianu Ronaldo Saudiya Pro Ligasi haqida gapirar ekan, uning ob-havosi va raqobatbardosh muhitiga urgʻu berdi. U oʻz soʻzida shunday degandi: “Saudiya Pro Ligasi «Ligue 1”dan kuchliroq, bunga shubha yoʻq. Agar ishonmasangiz, 38-40 daraja issiqda oʻynab koʻring va farqni his eting».
Ronalduning ushbu soʻzlari Fransiyadagi baʼzi futbol mutaxassislarining noroziligiga sabab boʻldi. Sobiq Fransiya terma jamoasi aʼzosi Emmanuyel Peti bu gaplarni tanqid qilib, Ronalduni bunday izohlardan tiyilishga chaqirdi. U Ronaldoning bunday bayonotlar bilan ortiqcha eʼtibor jalb qilayotganini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring