“Neftchi” — Oʻzbekiston Superkubogi sohibi

12:00 16 Mart 2026 Sport
104 0

Kecha, 15-mart kuni Andijon viloyatida joylashgan “Bobur Arena” stadionida Oʻzbekiston Superkubogi uchun uchrashuv tashkil etildi. Unda Superliganing amaldagi chempioni Fargʻonaning “Neftchi” klubi Oʻzbekiston kubogi sohibi Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv 1:0 hisobida Superliga gʻolibining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga jamoaning braziliyalik futbolchisi Ratinyo mualliflik qildi.

Maʼlumot uchun, bu Fargʻona klubining Oʻzbekiston Superkubogidagi dastlabki chempionligi hisoblanadi. Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov ham ushbu gʻalaba ortidan tarixga kirdi. 33 yoshli mutaxassis ushbu kubokni qoʻlga kiritgan eng yosh murabbiyga aylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?