Namanganlik tekstilchilar brend bilan ishlash boʻyicha respublikada yetakchi ekani taʼkidlandi

Prezident ishtirokida oʻtkazilayotgan yigʻilishda Namanganlik tekstilchilar brend bilan ishlash boʻyicha respublikada yetakchi ekani taʼkidlandi.
Bugungi kunda viloyat sanoatining uchdan biri, eksportining yarmi toʻqimachilik sohasiga toʻgʻri keladi.
Investitsiya olib kelish va brendlar bilan hamkorlikni kengaytirish uchun bir oyda viloyatda alohida loyiha ofisi ochiladi. Xalqaro sertifikat olgan tekstil korxonalari 50 taga yetkaziladi.
Mutasaddilarga yil yakunigacha Varshava va Londonda kamida 1 ming kvadrat metrli savdo uylarini tashkil qilish topshirildi.
Umuman, viloyatda bu yil toʻqimachilik mahsulotlari eksportini 500 million dollarga yetkazish, ikki yilda 1 milliard dollarlik 25 ta yirik loyihani ishga tushirish mumkinligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring