Namangan atlasining dovrugʻi tiklanadi(mi?)
Gullar shahri sifatida shuhrat qozongan Namangan kamalakrang atlasu adraslarning ham koni. Mahalliy hunarmandchilikning oʻzagi hisoblanib kelgan bu yoʻnalish yaqin oʻtmishda viloyat yengil sanoatining lokomotivi boʻlib kelgani bor gap. Biroq, keyingi paytlarda bozorda ehtiyoj pasaydimi, atlas fabrikalarida ish susaydi. Shunga qaramay qoʻli gul toʻquvchilar sevgan kasblarini tashlab qoʻyishgani yoʻq.Tadbirkorlik subyektlari, yakka tartibdagi hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kamalakrang gazlamalarning yangi-yangi nusxalari isteʼmol bozorini toʻldirmoqda.
Mazkur yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan “Fabrictex” xususiy korxonasi oʻzining yuqori sifatli ipak va atlas mahsulotlari bilan buyurtmachilar eʼtiboriga tushgan. Ayni paytda bu yerda 100 dan ziyod toʻquvchi mehnat qilayotir. Kuni kecha viloyat hokimi Xayrullo Bozorov atlaschilar huzuriga keldi.
- Namangan atlasining shuhrati bir paytlar nafaqat respublikamiz, balki xorijga ham tarqalgandi. Atlas ishlab chiqarish bilan shugʻullangan korxonalarimizda minglab odam ishlagan. Endi ana shu dovruqni tiklash vaqti keldi. Buning uchun har qanday koʻmakka tayyormiz, — dedi viloyat rahbari.
Darhaqiqat, tovusmisol tovlanib turadigan oʻzbek atlasining dunyo bozoridagi mavqeini mustahkamlashning payti keldi. Buyogʻidan kelsangiz, xom ashyo bemalol, tajribali ishchilar, texnologiya yetarli. Gap faqat xaridorga yuqori sifatli va bejirim mahsulot yetkazib berishda.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring