Myanmada 7,7 magnitudali kuchli zilzila sodir boʻldi
Bugun, 28-mart kuni Myanma markazida 7,7 magnitudali kuchli zilzila sodir boʻldi. Zilzilaning chuqurligi 10 kilometrni tashkil etib, epitsentr mamlakatning ikkinchi yirik shahri Mandalaydan 17,2 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bu haqda AQSH Geologik xizmati maʼlumot berdi.
Yer silkinishi nafaqat Myanma hududida, balki qoʻshni davlatlarda ham sezildi. Jumladan, Tailand poytaxti Bangkokda ham kuchli silkinishlar kuzatilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Bangkokda osmonoʻpar binolar chayqalayotgani va ularning tomida joylashgan basseynlardan suv toʻkilayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Mahalliy vaqt bilan 13:30 da boshlangan zilzila natijasida koʻp qavatli binolardan odamlarni evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Mahalliy hukumat va qutqaruv xizmatlari hodisa oqibatlarini baholashni davom ettiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring