Muzrabotda piyoz pishdi
Surxondaryoning mehnatkash mirishkorlari har yili qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birinchilardan boʻlib bozorga yetkazib keladi. Joriy yilda ham Muzrabot tumani dehqonlari aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri — piyoz hosilini yigʻib olishni boshladi.
Jumladan, “Mehnatobod” mahallasida “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida piyoz yetishtirish tizimli yoʻlga qoʻyilgan. Ayni paytda dalalarda sabzavot pishib yetilgan.
Mahallada jami 855 ta xonadon mavjud boʻlib, ularning qariyb 95 foizi piyoz yetishtirish bilan shugʻullanadi. Bu esa sabzavotchilik mahalla aholisi uchun barqaror daromad manbaiga aylanganini koʻrsatadi.

— Tomorqadan toʻgʻri foydalanilsa, u koni foyda, — deydi Xoliqnazar Boymatov. — Tomorqamizning 20 sotix yer maydonida piyoz yetishtirdik. Joriy mavsumda 30 tonnagacha hosil olishni rejalashtirib turibmiz. Hisob-kitobimiz boʻyicha 100 million soʻmgacha daromad olishni koʻzlayapmiz.
Ayni kunlarda mahallada piyoz yigʻim-terimi qizgʻin pallaga kirgan. Yetishtirilgan mahsulotlar bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berilmoqda.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring