Mudofaa vaziriga yana bir mansab berildi
General-mayor Shuxrat Gʻayratjonovich Halmuhamedov Oʻq otish sporti federatsiyasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqida Mudofaa vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Yigʻilishda kun tartibiga muvofiq, federatsiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi, soʻngra Oʻq otish sporti federatsiyasi raisi lavozimiga mudofaa vaziri general mayor Shuxrat Xalmuxamedov nomzodi taklif etilib, yigʻilish delegatlari tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Yigʻilishda yangi saylangan federatsiya raisi majlis ishtirokchilarini mamlakatda oʻq otish sport turini ommalashtirish va rivojlantirish yoʻlida kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi bilan tanishtirdi.
Bundan tashqari federatsiyaning asosiy eʼtibori Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan olimpiada oʻyinlariga litsenziyalarni qoʻlga kiritish hamda sportchilarimizning sovrinli oʻrinlarni egallashiga qaratilishini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring