Moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar berganlarga mukofot toʻlanadi
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–128-son, 14.02.2022-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etildi.
2023-yil 1-yanvargacha “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasi toʻliq ishga tushiriladi.
Inspeksiyada byudjet hisobidan amalga oshirilgan qurilishlar uchun qilingan toʻlovlar haqiqatda bajarilgan ish hajmiga muvofiqligi ustidan nazorat oʻrnatish uchun Qurilish obyektlarida nazorat oʻlchovini amalga oshirish boshqarmasi (40 ta shtat birligidan iborat) tashkil etiladi.
2022-yil 1-apreldan moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga mukofot toʻlanadi.
2022-yil 1-noyabrgacha Inspeksiya xodimlari moliyaviy nazorat va ichki audit sohasidagi xalqaro tajribalar asosida maxsus oʻquv kurslarida oʻqitiladi.
2022-yil 1-noyabrdan Inspeksiya va ichki audit xizmatlarining xodimlariga malaka sertifikati berish tizimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring