Moʻgʻulistonda “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” oʻtkazilmoqda
Kecha, 23-iyun kuni Moʻgʻulistonda “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” doirasida Oʻzbekiston tarixini va madaniyatini aks ettiruvchi koʻrgazma tashkil etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Moʻgʻulistonning Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vaziri Undram Chinbat oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Koʻrgazmaga tashrif buyurganlar Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston — boy tarix va madaniyatga ega davlatlar ekanligini taʼkidladi.
“Bizni buyuk tarixiy shaxslar, «Buyuk Ipak yoʻli”, koʻchmanchi va oʻtroq tamaddunlar hamda madaniy merosga boʻlgan hurmat birlashtiradi. “Buyuk Ipak yoʻli” nafaqat iqtisodiy, balki madaniy almashinuv uchun ham muhim yoʻl boʻlgan. U xalqlarimizni yaqinlashtirdi, madaniy tajriba almashishga imkoniyat yaratdi» deydi Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.
Vazirning qoʻshimcha qilishicha, ilk bor Moʻgʻulistonda oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” — ikki davlat rahbarlarining doʻstona va yaqin hamkorligining samarasidir.
“Tadbir madaniy aloqalarni mustahkamlash, xalqlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro tushunishni chuqurlashtirish yoʻlida katta ahamiyatga ega. U umumiy tarix, oʻxshash qadriyatlar, sanʼat va maʼnaviyatga boʻlgan hurmatimizni yanada kuchaytiradi. Shu oʻrinda taʼlim sohasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratishni istayman. Moʻgʻulistonlik sanʼatkorlar oʻz vaqtida Oʻzbekistonda taʼlim olgan. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri bu yoʻnalishda muhim maydon boʻlib xizmat qilgan. Mashhur Moʻgʻuliston xalq artistlari — Ochirjansangiyn Ganbaatar va Dorjiyn Altantuyaa kabi ijodkorlar aynan shu yerda oʻz mahoratlarini oshirgan”, deydi u.
Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston — boy tarix va madaniyatga ega davlatlardir. Bu ikki mamlakatni buyuk tarixiy shaxslar, “Buyuk Ipak yoʻli”, koʻchmanchi va oʻtroq tamaddunlar hamda madaniy merosga boʻlgan hurmat birlashtiradi. “Buyuk Ipak yoʻli” nafaqat iqtisodiy, balki madaniy almashinuv uchun ham muhim yoʻl boʻlgan. U xalqlarni yaqinlashtirdi, madaniy tajriba almashishga imkoniyat yaratdi.
Moʻgʻuliston Milliy opera va balet teatrida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” doirasida oʻzbekistonlik sanʼatkorlar ishtirokida gala-konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Tadbir madaniy aloqalarni mustahkamlash, xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro tushunishni chuqurlashtirish yoʻlida katta ahamiyatga ega. U umumiy tarix, oʻxshash qadriyatlar, sanʼat va maʼnaviyatga boʻlgan hurmatni yanada kuchaytirdi.
Avvalroq, joriy yilning 23-25-iyun kunlari Moʻgʻulistonda “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” boʻlib oʻtishi haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring