Messi 34-oʻrinda, Ronaldu TOP-50 talikda yoʻq

16:43 21 Dekabr 2025 Sport
312 0

Buyuk Britaniyaning dunyoga mashhur “The Guardian” nashri oʻz anʼanasiga koʻra, 2025-yilning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatini tuzib chiqdi.

Reyting tasnifida nashr jurnalistlari, murabbiylar va sobiq futbolchilar ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga koʻra, kuchli oʻnlikdan quyidagi futbolchilar oʻrin egalladi:

1. Usmon Dembele — PSJ

2. Lamin Yamal — “Barselona”

3. Vitinya — PSJ

4. Kilian Mbappe — “Real Madrid”

5. Xarri Keyn — “Bavariya”

6. Erling Xoland — “Manchester Siti”

7. Ashraf Hakimi — PSJ

8. Rafinya — “Barselona”

9. Muhammad Saloh — “Liverpul”

10. Pedri — “Barselona”

8 karra “Oltin toʻp” mukofoti sohibi Lionel Messi ushbu roʻyxatda 34-oʻrindan joy olgan. Krishtianu Ronaldu esa TOP-50 talikdan ham oʻrin olmagan. “The Guardian” mutaxassislari portugaliyalik futbol yulduzini 51-oʻringa munosib koʻrgan.

Toʻliq roʻyxat bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?