“Manchester Siti” “Liverpul” bilan oʻynaydi

09:49 10 Mart 2026 Sport
295 0

Kecha, 9-mart kuni Angliya futbol assotsiatsiyasi kubogi musobaqasining chorak final bosqichiga qurʼa tashlandi. Bu haqda musobaqaning rasmiy sahifasida xabar berildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov toʻp surayotgan “Manchester Siti” klubi ushbu bosqichda Arne Slot boshchiligidagi “Liverpul” klubi bilan kuch sinashadi.

Chorak finalning qolgan juftliklari esa quyidagicha koʻrinish oldi:

“Chelsi” — “Port Veyl”;

“Sautgempton” — “Arsenal”;

“Vest Hem” — “Lids Yunayted”.

Maʼlumot uchun, musobaqaning chorak final oʻyinlari 4-aprel sanasida start oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?