Mahallalar qiyofasi yangilanmoqda
Asaka tumanidagi “Choʻntak” va Navoiy nomli mahalla fuqarolar yigʻini hududlarida aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli obodonlashtirish va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu ishlardan koʻzlangan asosiy maqsad ichki yoʻllarni taʼmirlash, ichimlik suvi va elektr taʼminotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, shuningdek, aholi uchun zamonaviy xizmatlar va dam olish maskanlarini yaratish orqali mahallaning qiyofasini tubdan yangilashdan iborat.
— Ilgari mahallamizda ichki yoʻllar taʼmirtalab holatda edi, suv taʼminotida ham muammolar boʻlardi, elektr energiyasidagi uzilishlar esa kundalik hayotimizga qiyinchilik tugʻdirardi, — deydi Navoiy nomli mahallada yashovchi Sobiraxon Oripova. — Hozirda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida barcha muammolar bartaraf etilmoqda. Mahallamiz tumandagi eng namunali hududlardan biriga aylanayotganidan juda mamnunmiz.

Hududda 18 kilometr ichki yoʻllar taʼmirlanib, 6 kilometr yangi yoʻl qurilishi, 12 kilometr ichimlik suvi va 9 kilometr elektr tarmoqlari yangilanishi belgilangan. Shuningdek, aholi xizmatiga 4 ta zamonaviy xizmat koʻrsatish markazi, 2 ta savdo majmuasi, 5 ta bolalar oʻyin maydonchasi, 3 ta sport maydoni va 2 ta dam olish maskani topshiriladi. Ushbu ishlar natijasida 200 ta yangi ish oʻrni yaratilib, 10 mingdan ortiq aholi uchun munosib turmush sharoiti taʼminlanishi kutilmoqda.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring