Luvr muzeyida “Oʻzbekiston vohalari xazinalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi
Foto: Arxiv surat
«Fransiyaga bir yilda 60 mln, Luvrning oʻziga 10 mln dan koʻproq sayyoh tashrif buyuradi. Koʻrgazma orqali Oʻzbekistonga, uning madaniyati va tarixiga nisbatan qiziqish ortishiga ishonamiz. Bu turizmni rivojlantirishda katta reklama vazifasini oʻtaydi», — deydi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Shoazim Minovarov.
24-noyabrdan 2023-yil 6-martgacha tashkil etiladigan mazkur koʻrgazmada mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid eng sara topilmalar, jami 320 dan ortiq nodir eksponatlar namoyish etiladi. Qadimgi Varaxsha, Afrosiyob devoriy suratlari, VIII-X asrga oid “Katta Langar Qurʼoni” kabi noyob osori atiqalar shular jumlasidan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring