Kunduzgi uyqu demansiya xavfini oshiradi
Illyustrativ foto
Kuniga bir soatdan koʻproq uxlash keksa yoshdagi insonlarda demansiya xavfini 40 foizga oshiradi. Bu AQSHning Kaliforniya universiteti xodimlari oʻtkazgan tajribada maʼlum boʻldi.
Olimlar 14 yil davomida 1401 nafar koʻngillida uyqu rejimi va kognitiv qobiliyatlar dinamikasini kuzatib bordilar. Kognitiv buzilishlari boʻlmagan subyektlarning 75,7 foizida kunduzgi uyqu davomiyligi yoshga qarab yiliga oʻrtacha 11 daqiqaga oʻsgan.
Tadqiqot boshlanganidan olti yil oʻtgach, oddiy kognitiv qobiliyatga ega boʻlgan koʻngillilarning 24 foizi demansiya rivojlangan. Tadqiqotchilar sogʻlom odamlarda demansiyaning asosiy xavf omili uzoq va tez-tez kunduzgi uyqu degan, xulosaga kelishdi.
Kuniga bir soatdan koʻproq uxlaydigan keksa odamlarda kasallikning rivojlanish xavfi 40 foizga yuqori boʻlgan.
Taʼkidlanishicha, 20 daqiqagacha uxlash miyaning umrini uzaytirishi mumkin, ammo agar siz uzoqroq uxlasangiz, miyaning tiklanishi uchun koʻproq vaqt kerak boʻladi.
Demensiya qanday kasallik?
Bu bir qator kasalliklarning umumiy termini boʻlib, unda miya toʻqimalarining oʻlishi kuzatiladi. Kasallik miya toʻqimalarining bir-biriga uzviyligini taʼminlaydigan atsetilxolin moddasining yetishmasligidan kelib chiqadi. Bunda bemorlarning 60 foizida Alsgeymer kasalligi kuzatiladi.
Kasallik vaqt oʻtishi bilan kuchayib boradi va bemorning butunlay imkonsizligiga olib keladi. Uning birinchi belgisi eslash qobiliyati buzilishi bilan namoyon boʻladi.
Yer yuzida har toʻrt daqiqada qarilik aqliy zaiflik tashxisi qoʻyiladi. 2050-yilga borib bu xastalik bilan ogʻriganlarning soni hozirgi 44 milliondan 135 millionga chiqishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring