Koronavirus toʻfoni: Ispaniyada bir kunda 1500 ta yangi holat qayd etildi
Foto: russian.rt.com
Juma va shanba kunlarining oʻzida Ispaniyada 1500 dan ortiq yangi koronavirus bilan bogʻliq holatlar aniqlangan. Ayni vaqtda ularning soni 7553 ga yetdi va bu Yevropada Italiyadan keyin ikkinchi oʻrin deganidir.
Avvaldanoq mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilinishi kutilgan edi. Shu sababli hukumat virusga qarshi kurashish uchun barcha zarur choralarni koʻrishni boshlagan.
Bosh vazir Pedro Sanches tomonidan oʻtkaziladigan hukumat yigʻilishida ham bu holat haqida yana-da atroflicha maʼlumot berilishi kutilmoqda.
Oʻtgan yakshanba kunidan buyon Ispaniyada zarur choralar koʻrish yuzasidan ishlar bir necha barobarga kuchaytirilib, barlar, restoranlar, sport va madaniy muassasalar yopib qoʻyildi.
Ayni vaqtga kelib Ispaniyada jami 136 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring