Koronavirus tarqalishi avvaldan maʼlummidi?
Xitoy hukumati saksondan ziyod kishining hayotiga zomin boʻlgan xavfli virus tarqalishining oldini olishga harakat qilmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, xastalikki chalinganlar soni 2700 dan oshadi. Yangi virusning markaziga aylangan Xubey provinsiyasida ikkita shahar kirish va chiqish uchun yopilgan boʻlsa, bir qancha shaharlarda jamoat transporti cheklangan.
Nafas olish tizimiga taʼsir qiluvchi va odamdan odamga tez yuqadigan virus AQSH, Tailand, Janubiy Koreya, Vyetnam va Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Nepal, Malayziya, Yaponiya, Kanada va Fransiyaga ham kirib borgani aytilmoqda.
22-yanvar kuni Xitoy hukumati 11 million aholiga ega boʻlgan Xubey provinsiyasining Uxan shahrini karantinga olish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Shaharga olib boradigan barcha yoʻllar yopildi va boshqa transport turlari toʻsib qoʻyildi. 23-yanvar kuni esa Xubeydagi yana bir shahar — 7 million aholisi boʻlgan Xuangan haqida ham shunday qaror qabul qilindi. Shaharga boradigan barcha poyezdlar va samolyotlar, shuningdek, shaharlararo transport bekor qilindi. Echjou shahrida temir yoʻl stansiyalari yopildi, Syantao i Chibida jamoat transporti cheklandi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakili Gauden Galea esa “11 million aholisi boʻlgan shaharni karantin qilish oson emas“, deya taʼkidladi. JSST hozirda yangi virus tarqalishi munosabati bilan xalqaro favqulodda vaziyatni eʼlon qilish kerakmi yoki yoʻqligini muhokama qilmoqda.
Karantin yordam beradimi?
Mutaxassislar bunday chora-tadbirlar samaradorligiga shubha qilishmoqda. Vaholanki, dunyodagi 42-yirik shahar boʻlgan bu hududni tashqi dunyodan ajratib olish qiyin boʻladi.

“Bunday sharoitda yagona yoʻl — bu armiyani shaharni halqa ichiga olish uchun safarbar etishdir“, dedi Sidney universitetining sogʻliqni saqlash boʻyicha mutaxassisi Adam Kamradt-Skot.
“Ammo bu chora ham foyda bermasligi mumkin”, deya qoʻshimcha qildi mutaxassis.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining mutaxassisi Gauden Galea boʻlsa “Associated Press”ga bergan intervyusida “Mening bilishimcha, 11 million aholisi boʻlgan shaharda virusni ushlab turish bu haqiqatga yaqin holat emas“, deya maʼlum qildi.
Koronavirusning yangi turining tarqalishi bilan bogʻliq tashvishlar fond birjalariga ham taʼsir qildi: 23-yanvar kuni Xitoy indekslari taxminan 3 foiz yoʻqotdi.
Rasmiylarning soʻzlariga koʻra, yangi virusning manbasi Uxandagi bozor boʻlib, u yerda tirik parranda va chorva mollarini sotishga taqiq allaqachon joriy qilingan boʻlsa-da, dengiz mahsulotlari, qushlar, ilonlar, quyonlar va boshqa hayvonlar sotilgan.
“Biz yuqumli kasallik yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosi olib borilayotgan bozordan kelib chiqqanini aniqladik. Ehtimol, virusni hayvon yuqtirgan va keyin odamlarga yuqtirgan”, dedi Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi direktori Gao Fu.
Koronavirus bashorat qilinganmidi?
“Infeksiyalar” kitobining muallifi Devid Kuammenning Bi-bi-siga bergan sharhida aytilishicha, Xitoyda koronavirus paydo boʻlishi shifokorlar uchun kutilmagan hodisa boʻlishi mumkin emas.

“Ushbu kasallikning “yeng ajoyib xususiyatlari”dan biri uning oldindan bashorat qilingani edi”, dedi yozuvchi BBCga bergan intervyusida.
“Men buni oʻzim oldindan bashorat qilgan boʻlardim, demoqchimasman. Zero, men olim yoki sogʻliqni saqlash sohasi mutasaddisi emasman. Ammo “Infeksiyalar” kitobim qilingan izlanishlarim jarayonida koʻplab mutaxassislar bilan gaplashganman”, dedi Kuammen.
“Men ulardan navbatdagi yirik epidemiya qanday boʻlishini soʻraganimda ular quyidagilarni aytishgandi: “Ehtimol, bu qandaydir bitta toʻrli RNK virusi, masalan, koronavirus boʻlar. U hayvonlardan kelib chiqadi va havo tomchilari orqali yuqadi. Ehtimol, kasallik Xitoy chorvachilik bozorida paydo boʻlar!”
Kuammenning fikricha, tirik hayvonlar — tovuqlardan tortib koʻrshapalaklarga qadar sotiladigan Xitoy bozorlari yangi viruslarning haqiqiy inkubatori hisoblanadi.
Oʻzbekistonda koronavirusdan saqlanish uchun nimalar qilinmoqda?
Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirus bilan bogʻliq vaziyatlarni oʻrgandi va quyidagilarni maʼlum qildi:
Xitoyda koronavirus boʻyicha epidemik vaziyat murakkablashishi sababli mamlakatimizda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Uzbekistan Airports” AJ hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ Tibbiy-sanitariya xizmati tomonidan davlat chegarasini, ayniqsa, Xitoyni kesib oʻtgan shaxslarning yuqori sifatli tibbiy monitoringini amalga oshirish choralari koʻrilmoqda.
Bundan tashqari, Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti intensiv terapiya boʻlimida koronavirusda gumon qilingan bemorlarni qabul qilish uchun maxsus boks tayyorlab qoʻyildi. Respublikadagi aeroport va temir vokzallari sanitariya karantin punktlarida ushbu kasallikka gumon qilingan bemor aniqlansa, uni darhol izolyatorga izolyatsiya qilish, koronavirusga loborator tahlilini oʻtkazish uchun namuna olish tartibi belgilab qoʻyilgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan koronavirus infeksiyasining yangi turini yurtimiz hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Koronavirusning yangi turi (nCoV) qarshi olib boriladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish hamda amalga oshirish toʻgʻrisidagi metodik uslubiy qoʻllanma ham tayyorlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Senatorlar va Senat devoni xodimlari umumxalq hashari doirasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissalarini qoʻshdi
- Abdulaziz Komilov Boku forumida Yevroosiyoning yangi transport-logistika xaritasi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ilgari surdi
- Qatardan oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring