Koronavirus: kasallanishlar soni ortyaptimi? 

10:33 04 Aprel 2022 Jamiyat
541 0

2022-yil 3-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 237888 (+35) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

— 2 nafari Andijon viloyatida,

— 17 nafari Toshkent viloyatida,

— 16 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

— Toshkent viloyatida 17 nafar,

— Toshkent shahrida 20 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 235711 (+37) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?