Kongo va Nigeriya finalga yoʻl oldi

10:23 14 Noyabr 2025 Sport
322 0

Kecha, 13-noyabr kuni Afrika mintaqasida Jahon chempionati saralashining soʻnggi bosqichi start oldi. Unda oʻz guruhida eng yaxshi natijani qayd etgan 4 ta 2-oʻrin egalari Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun bahsni davom ettirdi.

Marokashda tashkil etilgan ushbu bosqich doirasida Nigeriya terma jamoasi Gabon bilan kuch sinashdi. Uchrashuv Nigeriya termasi tomonidan 4:1 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlandi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Ammo, ekstra taymlarda nigeriyaliklar 3 ta toʻp kiritishni uddalashdi.

Ikkinchi yarim final uchrashuvida esa Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi Kamerun bilan toʻqnash keldi. Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. Ushbu golga Kongo terma jamoasi himoyachisi Chansel Mbemba mualliflik qildi.

Shu tariqa Nigeriya va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalari saralashning hal qiluvchi final uchrashuviga yoʻl olishdi.

Maʼlumot uchun, ushbu oʻyin 16-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Bu bahsda gʻalaba qozongan jamoa Jahon chempionati saralashining qitʼalararo pley-off bosqichida ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?