Xorazmda sudya pora bilan qoʻlga tushdi
Illyustrativ foto
Xorazm viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Oliy sud tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi M.S. fuqaro O.R.ga oid jinoyat ishi boʻyicha yordam berish evaziga muqaddam olgan pullarning bir qismini arizachining talabi bilan qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Oliy sud keng jamoatchilik eʼtiborini sud organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilayotganiga qaratib, sud tizimini nopok kadrlardan tozalash borasida barcha zarur saʼy-harakatlar amalga oshirilayotganini maʼlum qiladi”, deyiladi xabarda.
Oliy sud fuqarolarni jamiyatda, xususan, sud organlarida yuz berayotgan korrupsiyaga befarq boʻlmaslik va bunday harakatlarni bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqirgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston “Transparency International” xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida 2024-yilda 180 ta davlat orasida 32 ball bilan 121-oʻrinni egallagan edi. Mamlakat 2023-yilda ham shunday oʻrinni qayd etgan.
Avvalroq Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan qoʻlga olingani haqida xabar qilgandik. Ular ishga kiritib qoʻyish va haydovchilik guvohnomasi olib berish vaʼdalari bilan fuqarolardan pul talab qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring