Xonanda Shahriyorning narkotik modda bilan qoʻlga olingani rad etildi
Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi 24-fevral, dushanba kuni Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida fuqaroning yonidan giyohvandlik moddasi topilgani hamda uni qonuniy chora koʻrish uchun Bektemir tumani IIO FMBga topshirilganligi haqida xabar bergandi.
Bu xabarni ayrim ommaviy axborot vositalari gumonlanuvchi shaxs xonanda Shahriyor ekanligini yozib tarqatishgan. IIV axborot xizmati rahbari ushbu axborot haqiqatdan yiroqligini maʼlum qildi.
Rasmiy munosabatda, shu kabi axborotni tarqatish PKning 23-moddasida belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi talablarini, “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 14-moddasi hamda “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonunni 6-moddasini qoʻpol ravishda buzish ekanligi eslatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring