Xivada sayyohlik yoʻnalishlari koʻpayadi

Uzoq tarixga ega, bagʻrida koʻplab meʼmoriy yodgorliklarni saqlab qolgan, qadimiy Xiva shahriga mahalliy va xorijlik sayyohlar qiziqishi hamda tashrif buyurayotganlar soni yil sayin oshib bormoqda, desak, mubolagʻa emas. Bu oʻz navbatida muzeylashtirish ishlarini yanada takomillashtirish va sayyohlik yoʻnalishlari sonini koʻpaytirishni taqozo etmoqda. Zero, Ichan qalʼadagina emas, Dishon qalʼa va undan tashqarida ham mehmonlarga manzur boʻladigan tarixiy manzillar yetarlicha.
Yaqinda Ichan qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yana bir xayrli ishga qoʻl urildi, yaʼni Dishon qalʼadan uncha uzoq boʻlmagan hududda joylashgan xon qarorgohi hisoblanmish Qibla tozabogʻ tarixiy-meʼmoriy majmuasi hamda vaziri akbar Islomxoʻja yozgi hovlisida muzey boʻlimlari tashkil etishga kirishildi.
Ayni kunlarda ushbu yodgorliklarda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Ayni kunlarda ham muzey-qoʻriqxona ilmiy xodimlari respublikamizdagi malakali mutaxassislar, jumladan, Nukus shahridagi I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi direktori T.K.Mkrtichev bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor tajribalarni qoʻllagan holda muzeylashtirishga doir rejalashtirish ishlari boshlandi.
Yangi muzeylarning ishga tushishi kelgusida sayyohlik yoʻnalishlari sonining koʻpayishi, vohada turizm imkoniyatlarining oshishi, shuningdek, jahon hamjamiyatining mamlakatimizga eʼtibori kuchayishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Otabek ISMOILOV,
jurnalist.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring