Erdoʻgʻanning oʻgʻli yana Oʻzbekistonga keldi. Xiva yana bir xalqaro festivalga mezbonlik qiladi
Joriy yilning 6-8-sentyabr kunlari Xiva shahrida “Xalqaro kamondan otish va milliy oʻyinlar festivali” oʻtkaziladi.
Bu sport musobaqasini yuqori saviyada tashkil qilish va oʻtkazish maqsadida Butunjahon Etnosport Konfederatsiyasi (BEK)prezidenti Bilol Erdoʻgʻan boshchiligida bir guruh mehmonlar Xivaga tashrif buyurishdi. Turkiyalik mehmonlar festivalga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishib, mahalliyommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil qilingan matbuot anjumanida ishtirok etdilar.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Butunjahon Etnosport Konfederatsiyasi (BEK) prezidenti Bilol Erdoʻgʻan, Turkiya oʻqchilar vaqfi rahbari Haydarali Ildiz va boshqalar festivalning oʻtkazilishi, qamrovi va yoritilishi bilan bogʻliq jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring