Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 3136 nafarga yetdi

07:27 10 Mart 2020 Dunyo
1210 0

Reyters

Xitoyda yangi koronavirus yuqtirib olganlar soni 80754 nafarga yetdi, ulardan 3136 nafari hayotda koʻz yumdi. Qariyb 60 foiz bemor esa tuzalib ketgan va ularga shifoxonadan ruxsat berilgan. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash davlat qoʻmitasi maʼlumotiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

“Sogʻliqni saqlash davlat qoʻmitasi 31 ta provinsiyadan yangi tipdagi koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq 80754 ta tasdiqlangan holatga oid maʼlumot kelib tushdi, jumladan, 17721 kishi kasal(ulardan 4794 nafarining ahvoli ogʻir), 59897 kishiga shifoxonadan ruxsat berilgan, 3136 nafari hayotdan koʻz yumgan”, — deyiladi davlat qoʻmitasi xabarida.

Oxirgi sutkada butun mamlakat boʻylab virusni yuqtirish bilan bogʻliq 19 ta holat aniqlangan boʻlsa, 1297 inson sogʻayib ketgan, 17 nafari vafot etgan(hammasi Xubey provinsiyasida), koronavirus yuqtirib olishda gumon qilingan 36 ta holat roʻyxatga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер