Xalqaro kon-metallurgiya forumi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Barcha sanoat tarmoqlarini istisnosiz xomashyo bilan taʼminlaydigan soha sifatida togʻ-kon sanoatining rivojlanishi har qanday iqtisodiyotning oʻsish salohiyati uchun juda muhimdir. Bu jarayonda sanoatni modernizatsiya qilish strategiyalarini shakllantirish va asosiy rivojlanish yoʻnalishlarini belgilash hal qiluvchi rol oʻynaydi.
Aynan shu masalalar 7-Oʻzbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi UIMF 2025 kun tartibida markaziy oʻrinni egallaydi. Forum 2025-yil 28-29-oktyabr kunlari “Mining Metals Uzbekistan 2025” 19-xalqaro koʻrgazmasi doirasida “Oʻzekspomarkaz“ MKKning Kongress-xoll zalida boʻlib oʻtadi.

Forumning asosiy mavzusi “Kelajak togʻ-kon sanoati: resurslar va strategiyalar“ anʼanaviy xom ashyo yondashuvidan muhim minerallarni, yangi investitsiya modellarini ishlab chiqishga va barqaror oʻsish strategiyalariga oʻtishning hozirgi tendensiyalarini aks ettiradi.
UIMF 2025 forumi Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Oʻzbekiston metallurgiya assotsiatsiyasining rasmiy koʻmagida oʻtkaziladi.

Forum dasturi keng koʻlamli muhokamalar, ekspertlar muloqotlari va biznes uchrashuvlarini oʻz ichiga oladi. Asosiy mavzular sanoatni rivojlantirish istiqbollari, investitsiya masalalari va rivojlanish strategiyalarini aniqlashni oʻz ichiga oladi.
Forumda 14 mamlakat Avstraliya, Avstriya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Shvetsiya, Eron, Yaponiya, Oʻzbekiston, Qozogʻistondan 46 nafar spiker va moderator hamda 550 nafardan dan ortiq delegat ishtirok etadi.













Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring