Men va barcha hamkasblarim uchun eng avvalo Markaziy Osiyoning tinchligi va osoyishtaligi, barqarorligi va izchil taraqqiyoti muhim — Prezident
Bir necha yil ichida mintaqa mamlakatlari koʻplab jiddiy masalalarni hal etishga muvaffaq boʻldi — chegaralar ochildi, savdo va transport aloqalari, gumanitar almashinuvlar tiklandi.
“Biz avtomobilsozlik, energetika, elektrotexnika, toʻqimachilik, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligida muhim kooperatsiya loyihalarini amalga oshirmoqdamiz.
Chegaradosh hududlarda hamkorlik markazlari va tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yaratmoqdamiz.
Shu tufayli xalqaro hamjamiyatning mintaqamizga qiziqishi kuchayib bormoqda. Bugun Berlindagi uchrashuvlar buning yorqin tasdigʻidir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
“Men va barcha hamkasblarim uchun eng avvalo Markaziy Osiyoning tinchligi va osoyishtaligi, barqarorligi va izchil taraqqiyoti muhim.
Shunday sharoitlardagina mintaqamiz xorijiy hamkor va investorlar uchun jozibador boʻladi”, — dedi Prezidentimiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring