Xalqaro anjuman Xivada davom etmoqda
Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Xabaringiz bor, 15-16-oktyabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda.
Bugun Xivadagi “Farovon” mehmonxonasida anjumanning “Oʻzbekiston – buyuk sivilizatsiyalar chorrahasi” mavzusidagi toʻrtinchi shoʻbasi yigʻilishida Turkiya, Fransiya, Marokash, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning din arboblari, muftiylar, taniqli ulamo va ekspertlar mavzu doirasidagi dolzarb maʼruzalar bilan ishtirok etmoqda.
Qizgʻin muloqotlar, fikr almashuvlarga boy tarzda samimiy va ishchanlik ruhida oʻtayotgan konferensiya nihoyasida yakuniy deklaratsiya qabul qilinishi koʻzda tutilgan.





Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring