“Xalq soʻzi” gazetasining bugungi sonida qanday maqolalar chop etildi?

11:27 24 Avgust 2020 Jamiyat
1788 0

1. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yana qanday yengillik va imkoniyatlar berilmoqda? Bunga Prezidentimizning “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroridan javob olishingiz mumkin.

2. “Yangi professional taʼlim — yangi missiya”. Ushbu sarlavhali maqolada yoshlarni kasbga tayyorlash, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni oʻqitish va ish bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etilgan.

3. “Shayxulislom” va “Hidoyat dahosi kim? Buni "Oʻzbekistonning ilmiy shon-sharafini qayta tiklash borasidagi qarorlar tarix sahifalaridagi oltin harflar bilan yoziladi" maqolasini oʻqigach bilib olasiz.

4. Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi yarashuv jarayoni «AQSHda Afgʻonistondagi yarashuv jarayonida Oʻzbekistonning tutgan oʻrniga bagʻishlangan maqola chop etildi» sarlavhali maqolada tahlil etiladi.

5. “Mahallalarda nuroniylarning oʻrni qanday boʻlishi kerak?” Bu savol atrofidagi fikrlar shu sarlavhali maqolada bildiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?