“Xalq soʻzi” gazetasining bugungi sonida qanday maqolalar chop etilmoqda?

01:26 22 Avgust 2020 Jamiyat
1528 0

1. Bektemir tumanida mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga hissa qoʻshuvchi qanday loyihalar amalga oshirilmoqda? Ushbu savolga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Bektemir tumanida bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari bilan tanishish jarayoniga oid maqolada batafsil javob olish mumkin.

2. «Oʻzstandart» agentligi direktoriga parlament soʻrovi. Hokimlarning qisqarayotgan vakolati. Oʻz devoniga ega boʻlayotgan Mahalliy Kengashlar. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida shunday masalalar koʻrib chiqildi. Ular haqida toʻliq maʼlumot olishni istasangiz “Xalq manfaati, aholi ehtiyoji huquqiy hujjatlarda aks etmoqda” sarlavhali maqolani oʻqishni tavsiya etamiz.

3. Ertalabdan kechgacha nima ishni rejalashtiryapmizu, nimalarga erishyapmiz? 240 kunlik muddatni nimalarga sarfladik? “Bugungi kun ziyolilari qanday boʻlishlari va nimalar qilishi kerak?” maqolasi sizni mulohaza yuritishga chorlaydi.

4. Bugun “transformatsiya” degan soʻzga koʻp duch kelyapmiz. U nima va banklarni transformatsiya qilish bizga nima beradi? “Pandemiya sharoitida bank tizimi Transformatsiya mezonlarining muhim jihatlari xususida” maqolasida shular xususida fikr yuritiladi.

5. “Taraqqiyotning yangi dovonlari” sarlavhali maqolada Prezidentimizning joriy yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroridagi belgilangan vazifalar barobarida, matematika, ilm-fan sohasi haqida qiziqarli fikrlar bildirilgan.

6. «Shelterlar» qanday muassasa va ularning vazifalari nimalardan iborat? Bunga “Tizim mavjud, ammo amalda ish risoladagidek emas” sarlavhali maqoladan javob olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?