Kamola Mahmudova 48 yoshida vafot etdi
Foto: Kamola Maxmudova / Facebook
Londonda yashab, faoliyat yuritayotgan asli oʻzbekistonlik mutaxassis, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YеTTB)ning Ozarbayjondagi vakilligi rahbari Kamola Mahmudova uzoq davom etgan хastalikdan soʻng 48 yoshida vafot etdi.
Kamola Mahmudova 1976-yil Toshkentda tugʻilgan. U Oʻzbekistonda koʻplab loyihalarni amalga oshirgan, “Khan Academy”, Ezgu Amal, Yashil Buxoro kabilar shular jumlasidan. Mahmudova, shuningdek, bir qator xayriya tashkilotlari, xususiy universitet, Buyuk Britaniyadagi Xalqaro muvofiqlik assotsiatsiyasi va ACAMSʼning Yevrosiyodagi boʻlimi asoschisi boʻlgan.
U 2020-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlagan.
Prezidentning sobiq davlat maslahatchisi, tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari, Oʻzbekistonning Belgiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardagi elchisi, professor Alisher Fayzullayev shunday taʼkidladi:
“Ishonish qiyin, bu shok, bu butun oʻzbeklar va oʻzbekistonliklar uchun katta yoʻqotish. U oʻzining qisqa umri davomida juda koʻp yutuqlarga erishdi, Oʻzbekiston uchun, oʻzbek madaniyatining Buyuk Britaniya va butun dunyoda keng targʻib qilinishi uchun koʻp ishlar qildi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida katta lavozimlarda ishladi va doim Oʻzbekistonga va oʻzbekistonliklarga yordam berdi. Londonda Oʻzbekiston madaniyati kunlarini uyushtirgan asosiy shahlardan biri edi… U juda yorqin, koʻp qirrali, gʻayratli, koʻngli ochiq va kamtarin shaxs edi. Uzoq masofaga yugurish, yoga va qadimgi Sharq falsafasiga qiziqardi. Unda har doim qiziq gʻoyalar, rejalar va loyihalar koʻp boʻlardi. U hayotimda uchratgan eng yorqin shaxslardan biri edi”.
Marhuma Kamola Mahmudovaning dafn marosimi bugun, 27-sentyabr kuni Londonda boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring