Isroil “Al-Jazeera” faoliyatini toʻxtatib qoʻydi
Isroil hukumati mamlakatdagi “Al-Jazeera” faoliyatini toʻxtatib, uni Hamasning “ogʻzi” deb eʼlon qildi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning aytishicha, vazirlar mahkamasi Gʻazodagi urush davom etayotgan bir paytda nashrning yopilishga rozi boʻlgan.
Politsiya yakshanba kuni Qatar teleradiokompaniyasining Quddusdagi markazida reyd oʻtkazgan. Isroil Aloqa vazirligi tekshiruv davomida kerakli jihozlar olib ketilgani haqida maʼlum qildi. Voqea joyiga BBC guruhi yetib borgan, biroq politsiya ularga suratga olish va binoga kiritishni taqiqlagan.
Reuters axborot agentligi xabariga koʻra, Isroilda “Al-Jazeera” telekanalining eshittirishlari toʻxtatilgani haqida xabar bergan. Bloklanish qisman amal qilmoqda, kanalni “Facebook” orqali kuzatish mumkin.
Tahlilchilarga koʻra, taqiq xavfsizlik bilan emas koʻproq siyosiy maqsadlarni koʻzlab kiritilgan. Hukumat nashrni HAMASning tashviqot vositasi deb biladi. Chet el matbuoti assotsiatsiyasi Isroil hukumatini oʻz qarorini qayta koʻrib chiqishga undab, “Al-Jazeera”ning yopilishi barcha erkin matbuot tarafdorlarini tashvishga solish kerakligini qoʻshimcha qilgan.
Xorijiy jurnalistlarning Gʻazoga kirishi taʼqiqlangan va “Al-Jazeera” xodimlaridan boshqa jurnalistlar boʻlmagan. Yillar davomida Isroil rasmiylari tarmoqni oʻz mamlakatiga qarshi tarafkashlikda ayblab keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring