“Ishonchingizni albatta, oqlayman”
Uzoq yillardan beri “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida faoliyat yuritaman. Har kuni insonparvarlik, sabr-toqat va gʻamxoʻrlikning haqiqiy maʼnosini his etaman. Zero, bizning soha — bu shunchaki ish joyi emas, balki odamlar taqdiri bilan bogʻliq masʼuliyatli missiyadir.
Internatdagi har bir insonga iltifot, iliq soʻz va gʻamxoʻrlik koʻrsatish orqali ularning yuzida tabassum koʻrish — men uchun eng katta baxt. Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan bu eʼtirof esa bizga yanada katta ruh va yangi kuch bagʻishlaydi. Bu yuksak ishonchni albatta, oqlayman.
Bugun yurtimizda har bir soha xodimining mehnati qadrlanmoqda. Inson salohiyatini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Bu bizni yanada fidokorona mehnat qilishga, xalqimiz salomatligi va farovonligi yoʻlida koʻproq xizmat qilishga undaydi. Bu yuksak mukofot — nafaqat mening, balki sohaga yurakdan xizmat qilayotgan minglab hamkasblarimning mehnatini eʼtirof etishdir.
Dilshoda JABBOROVA,
Nurota tumanidagi “Muruvvat” nogironligi
boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi xoʻjalik bekasi,
“Shuhrat” medali sohibasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring