Ishonch menga xaloskor boʻldi
Foto: “Xalq soʻzi”
Gʻam-tashvish deganlari eshik qoqmay kirib kelarkan. Buni oʻz hayotim misolida aytyapman. Kechagacha maktabda yugurib-yelib qishlogʻimiz bolalariga dars berar, farzandlarim, shogirdlarimning oʻqishdagi yutuqlarini koʻrganimda oʻzimni qushdek yengil his etardim.
Ammo toʻsatdan yursam holdan toyadigan boʻlib qoldim. Shifokorga uchradim. Tahlillar suyak yemirilishi dardiga yoʻliqqanimni koʻrsatdi. Shifokor tavsiyasiga koʻra, menga nogironlik guruhi berildi.
Jarrohlik amaliyoti falon million soʻm turadi, deyishdi. Joʻjabirday jonmiz. Farzandlarim birin-ketin voyaga yetishyapti. Ularni oliy oʻquv yurtlarida oʻqitish, toʻylarini qilish orzusidaman. Turmush oʻrtogʻimning qorovullikdan kelayotgan maoshi qora qozonni qaynatishga arang yetyaptiku, degan oʻylar girdobiga tushdim. Dunyo koʻzimga zim-ziyo koʻrindi.
Bu orada ahvolim ogʻirlashdi. Hassaga, keyin esa qoʻltiqtayoqqa tayanib qoldim. Ammo koʻnglimning bir chetida shunday insonparvar yurtimiz bor, meni bu dard oldida yolgʻizlatib qoʻyishmaydi, degan ishonch ham bor edi. Shu ishonch menga xaloskor boʻldi.
Ahvolimdan xabar topgan tuman oila va xotin-qizlar boʻlimi, viloyat kasaba uyushmalari kengashi masʼullari yordam qoʻlini choʻzdi. “Ayollar daftari”ga kiritildim.
Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq, murakkab jarrohlik amaliyoti sarf-xarajati, yaʼni 26 million soʻm pul toʻlab berildi. Jarrohlik amaliyotidan soʻng ham mahallamiz hamda viloyat kasaba uyushmalari kengashi vakillari holimdan xabar olib turishdi.
Shukr, hozir salomatligim joyida. Qoʻltiqtayoqsiz yuryapman. Farzandlarim, nevaralarim bagʻridaman. Oilamiz uchun mushkul pallada yordam qoʻlini choʻzgan savobtalab insonlardan, biz, onalarga ehtirom koʻrsatayotgan davlatimizdan bir umr minnatdorman.
Zulxiya POʻLATOVA,
Vobkent tumani, Sariosiyo mahallasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring