Ishlab chiqarish iqtisodiyotning muhim poydevoridir
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning hissasi beqiyos. Bu esa nafaqat iqtisodiy barqarorlikka, balki aholi bandligini taʼminlashga ham xizmat qiladi. Bunga erishishda davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar, soliq va kredit imtiyozlari, infratuzilma va zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlash kabi qator qulayliklar muhim rol oʻynaydi. Shu yoʻnalishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar davlat siyosati va imtiyozlardan samarali foydalanib, iqtisodiyotda muhim oʻrin egallamoqda.
Misol tariqasida Baliqchi tumanida faoliyat yuritayotgan “Vodiy agrotech” agroklasterini keltirish mumkin. Bu korxona paxta xom ashyosini qayta ishlab, tola, chigit, oʻsimlik yogʻi, kunjara va sovun kabi tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradi. Mahsulotlar nafaqat ichki bozorda, balki xorijiy davlatlarga ham eksport qilinadi va oyiga oʻrtacha 1 million AQSH dollari miqdorida tashqi savdo amalga oshiriladi.
— Agroklasterning yana bir muhim jihati aholi bandligini taʼminlashdagi hissasidir, — deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Muzaffarjon Karimov. — Bugungi kunda zavodda 200 nafardan ortiq mahalliy aholi doimiy ish bilan taʼminlangan boʻlsa, paxta mavsumida ish oʻrinlari yanada kengayib, 500 nafargacha yetmoqda. Bu esa mahalliy aholi daromadini oshirish, iqtisodiy faollikni rivojlantirish va tadbirkorlik muhitini mustahkamlashda oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring