Irkutskdan Toshkentga uchayotgan samolyot qushlar galasi bilan toʻqnashdi
Bugun, 12-sentyabr Irkutskdan Toshkentga uchayotgan samolyot qushlar galasi bilan toʻqnashdi, deb xabar bermoqda Sharqiy-Sibir transport prokuraturasi Telegram-kanali.
Xabarda aytilishicha, 12-sentyabr kuni soat mahalliy vaqt bilan 07:40, Toshkent vaqti bilan esa soat 09:40 da “Ural Airlines”ga tegishli “Irkutsk—Toshkent” reysini amalga oshirayotgan A-319 samolyoti dvigatelga qushlar galasi urilgani sababli parvoz xavfsizligini taʼminlash maqsadida uchish-qoʻnish yoʻlagidan ortga qaytgan.
Maʼlumotlarga koʻra, samolyot bortida 91 nafar yoʻlovchi va 6 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Hozirda Transport prokuraturasi tomonidan tekshiruv tayinlangan. Mazkur hodisa oqibatida jabrlanganlar aniqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring