Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tishi munosabati bilan TDIUda darslar bekor qilindi
Joriy yilning 8-9-noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti atrofidagi ba’zi koʻchalar yoʻllari yopiladi. Talabalar va professor-oʻqituvchilarning universitetga kelishlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulayliklarning oldini olish maqsadida 8-9-noyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmasligini ma’lum qilindi. 8-9-noyabr kunlari universitetning barcha xodimlari va professor-o‘qituvchilari masofaviy (online) ish rejimiga o‘tkaziladi.
Talabalar turar joylarida yashovchi talabalar o‘z joyida qoladi.
Ma’lumot oʻrnida, 2023-yil 8-9-noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari 10-17-noyabr kunlari oralig‘ida professor-o‘qituvchilarning dars jadvaliga moslashtirilgan holda rejalashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring