“Inter” kutilmaganda ochko yoʻqotdi

19:44 23 Mart 2026 Sport
274 0

Kecha, 22-mart kuni Italiya A seriyasining 30-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidagi oʻyinda “Inter” klubi “Fiorentina” mehmoni boʻldi.

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durrang natija bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga mehmonlardan Franchesko Espozito, mezbonlardan esa Sher Ndur mualliflik qildi.

Taʼkidlash kerakki, oʻyin toʻliq “Inter”ning ustunligi ostida oʻtdi. “Fiorentina” darvozasiga David De Xea oʻyin qahramoni deb topilgani yuqoridagi fikrga asos boʻladi.

Ushbu oʻyindan soʻng, yetakchi “Inter”ning ochkolari soni 69 taga yetdi va endi jamoa ikkinchi oʻrinda borayotgan “Milan” jamoasidan 6 ochkoga oldinda bormoqda. Maʼlumot uchun, bu tur oldidan ushbu jamoalar oʻrtasidagi tafovut 8 ochkoni tashkil etayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер