Ilmli ming yashar
Foto: Халқ сўзи
Xalqimizda “Ilmli odam — ilikli suyak”, “Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar” degan purmaʼno maqollar bejiz aytilmagan. Igna bilan quduq qazishdek mashaqqatli kasbning etagidan tutgan inson borki, el-yurt oldida hamisha yuzi yorugʻ, martabasi ulugʻdir.
“Xalq soʻzi” — «Narodnoye slovo» gazetalari Bosh muharririning Iqtisod va marketing masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faxriy professori, iqtisodiyot fanlari doktori Akrom Hoshimov oʻz hayoti va faoliyati misolida bu haqiqatni isbotlab kelmoqda.
Ilm-fan, maʼrifat fidoyisi, jonkuyar olimning yaqinda AQSHning Nyu-York fanlar akademiyasi aʼzoligiga qabul qilingani oila aʼzolari, yaqinlari qatori butun tahririyatimiz jamoasini ham nihoyatda xursand qildi.
Akrom Hoshimov ilmiy faoliyat bilan samarali shugʻullanib kelmoqda. Uning muallifligida 2 ta monografiya, 3 ta oʻquv-qoʻllanma hamda 2 ta darslik chop etilgan. Shuningdek, olim AQSH, Rossiya, Yaponiya, Malayziya, Chexiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya kabi dunyoning qator davlatlarida boʻlib, oʻz mutaxassisligi boʻyicha tajriba va malakasini oshirgan. Uning ilmiy rahbarligida 2 nafar iqtisodiyot fanlari nomzodi, 1 nafar iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) yetishib chiqqan.
Olimni hayotidagi yana bir muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi ilmiy-ijodiy faoliyatida yangi ufqlar yor boʻlishini tilaymiz.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring